Janubiy Koreya yangi prezidenti XXR va Yaponiya rahbarlari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi
XXR raisi Si Jingpin telefon orqali suhbatida Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Mun Chje Inni saylovlardagi g‘alabasi bilan qutlab, Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli qilish muammosiga e'tibor qaratdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslangan holda TASS agentligi xabar qilmoqda.
"Biz o‘zaro qarashlarimizni yaqinlashtirishga harakat qilishimiz kerak. Umid qilamanki, Seul Pekin xavotirlariga e'tibor qaratadi, - degan Xitoy yetakchisi. Biz Koreya yarim orolining yadro qurolidan xoli bo‘lishi, tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda uning rivojlanishiga intilamiz".
O‘z navbatida, Janubiy Koreyaning yangi rahbari Xitoy tomoni bilan faol hamkorlik qilishga tayyorligini bildirar ekan, Pekinning "Bir qutb bir yo‘l" tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Xabar qilinishicha, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham Janubiy Koreya yangi saylangan prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgan. Davlat rahbarlari KXDR atrofidagi vaziyat bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishlarini tasdiqlashgan.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari yaqin qisqa vaqt ichida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishgan. Yaponiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ular iyul oyida Hamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan "katta yigirmatalik" sammiti doirasida shunday imkoniyatga ega bo‘lishadi.
Mun Chje In 9 may kuni Koreya respublikasida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlarda 41,1 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongan edi. Yangi davlat rahbari inauguratsiya marosimida ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish uchun KXDRga borishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
17:46 / 22.11.2024
WSJ: Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
19:15 / 20.11.2024