Yevropa ligasining 1/2 finalidan örin olgan javob uçraşuvlari bölib ötdi va unda finalçilar nomi aniq böldi.

Fransiyada «Olimpik Lion» Niderlandiyaning «Ayaks» klubini qabul qilib, 1:4 hisobidagi farqni yöqqa çiqarişga harakat qilib kördi. Uçraşuvning 27-daqiqasida Kasper Dolberg mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqqandi. Biroq Aleksandr Lyakazett bir daqiqa içida ikkita töp kiritib jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. Ikkinçi bölimda Raşid Gezzal tomonidan kiritilgan gol hisobni 3:1 körinişiga olib kelgandi, biroq lionliklar boşqasiga kuçi yetmadi va «Ayaks» ikki öyin natijasiga köra, final yöllanmasini qölga kiritdi.

Ikkinçi yarim final uçraşuvida esa «Mançester Yunayted» Ispaniyaning «Selta» klubini qabul qilib, kerakli natijaga erişdi. 17-daqiqada Maruan Fellayni hisobni oçgan bölsa, 85-daqiqada Ronkalya hisobni tenglaştirdi. «Selta» finalga çiqişi uçun bitta gol kiritişi lozim edi. Sönggi daqiqalarda jamoada buning uçun imkoniyatlar bölgan bölsada, jamoa vaziyatlardan foydalana olmadi va natijada «Mançester Yunayted» finalning ikkinçi jamoasi böldi.

Endilikda «Ayaks» va «Mançester Yunayted» Yevropa ligasi ğolibligi uçun maydonga tuşadi. Uçraşuv 24 may kuni Şvetsiya poytaxti Stokholmda bölib ötadi.

Yevropa Ligasi, 1/2 final
Javob uçraşuvlari

Lion (Fransiya) – Ayaks (Niderlandiya) 3:1 (2:1)
Gollar: Lyakazett (45, penalti, 45+1), Gezzal (81) – Dolberg (27).
Lion: Antoni Lopeş, Nkulu, Morel (Rybus, 74), Rafael, Diakabi, Valbuena (Gezzal, 77), Gonalon, Korne, Tolisso, Fekir, Lyakazett.
Ayaks: Onana, Sançes, Virgever, Veltman (Tete, 65), Klassen, de Ligt, Şyone (van de Bek, 59), Ziyoş, Yunes (Klyuyvert, 82), Traore, Dolberg.
Ogohlantirişlar: Morel (18), Tolisso (19), Diakabi (49), Veltman (49), Klassen (50), Nkulu (61), Fekir (61), Virgever (68).
Çetlatiş: Virgever (84).
Dastlabki uçraşuv – 1:4.

Mançester Yunayted (Angliya) – Selta (Ispaniya) 1:1 (1:0)
Gollar: Fellayni (17) – Ronkalya (85).
Mançester Yunayted: Romero, Valensiya, Bayi, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Lingard (Runi, 86), Fellayni, Mxitaryan (Kerrik, 77), Reşford (Smolling, 89).