10 may kuni Sietl (AQŞning Vaşington ştati)da boşlangan Build 2017 konferensiyasining ilk kunida Microsoft kompaniyasi bulutli texnologiyalar, sun'iy intellektni takomillaştiriş sohasidagi sönggi yutuqlar va IT sohasidagi boşqa muvaffaqiyatli işlanmalarni namoyiş etdi.

Azure bulutli xizmatidan foydalanib, Buyumlar interneti (Internet of Things) qurilmalarini boşqarişning mutlaqo yangi usulini yaratgani — kompaniyaning muhim yutuqlaridan biri bölgan. Kompaniyada yaratilgan Azure IoT Edge ilovasi nafaqat uy şaroitlarida, yanada kengroq çegaralarda — ofis, korxona va işlab çiqarişda Buyumlar interneti qurilmalarining harakatini boşqarişning unikal imkoniyatini taqdim etadi. Uşbu konsepsiya «aqlli» buyumlarning köplab funksiyalarini boşqariş imkoniyatini beradigan «bulutli şahar» yaratiş tomon tobora harakat qilaveriş kerakligini taqozo etadi.

Konferentsiyada Sandvick şved kompaniyasining stanoklar parki işini boşqariş çoğida Microsoft Azure tizimining imkoniyatlari namoyiş etib berildi. Köplab datçiklar bilan jihozlangan stanoklar olingan köplab ma'lumotlarni real vaqt rejimida bulutli saqlaş makoniga uzatib turadi. Oniy lahzada qayta işlangan ma'lumotlar stanoklar işini boşqariş imkoniyatini taqdim etadi, xususan, kutilmagan nosozlik yuz berganda stanok işini töxtatişi ham mumkin.

Işlab çiqarişni töliq avtomatlaştirilganda Azure xizmati yordamida işçilarning yuzini videokameralar orqali translyatsiya qilinayotgan videodan tanib oliş funksiyasini işga tuşiriş mumkin. Şunday qillib avariya holati röy berganida tizim özi mustaqil ravişda nosozlikni bartaraf etuvçi mutaxassisni izlab topadi va u bilan boğlanadi. Öz navbatida, işçilar Azure’ga ulangan smartfonlari yordamida kerakli uskunani topiş uçun unikal qidiruv tizimidan foydalanişlari mumkin. Tizim foydalanuvçiga uskunaning joylaşgan örnini yoki undan foydalangan sönggi işçining ismini körsatadi.

 

Biroq Azure’ning asosiy funksiyasi — işlab çiqarişda xavfsizlikni ta'minlaş, avariyali vaziyatni öz vaqtida aniqlaş, uquvsiz xodimlarning murakkab uskunalarda işlaşining oldini oliş va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinişini kuzatişdan iborat. Bir vaqtning özida, Azure tizimi yetarli darajada universal hisoblanadi, u muayyan vazifalarni yeçişga moslaşib, kiçik kompyuterlar bilan ham işlaşi mumkin.