UYeFA bu mavsumdagi Yevropa çempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finallarini boşqarib boradigan hakamlar nomini e'lon qildi.
Taşkilot rasmiy saytiga köra, 3 iyun kuni Uels poytaxti Kardiff şahrida bölib ötadigan, «Yuventus» va «Real» jamoalari örtasidagi finalni Feliks Brix boşçiligidagi germaniyalik hakamlar brigadasi boşqaradi.
«Mançester Yunayted» va «Ayaks» örtasidagi Yevropa Ligasi finalida (Stokholm, 24 may) esa sloveniyalik Damir Skomina boşçiligidagi brigada işlaydi.












