Bu heç qanday ritorik savol emas. Kinoyaga qorişiq muşohada ham emas. Şunçaki yuqorida körib turganingiz surat ortidan tabiiy ravişda har kimning ham dastlab xayoliga keladigan, töğri ma'nodagi savol...

Bu surat - kamina Xotira kuni sabab, ota yurtga borib, ziyorat qilib ortga qaytayotgan çoğda - Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hududida, Kattaqörğon tomondan kelaverişdagi – “Dahbed” qişloğidan oldingi hududda olindi. Olindi-yu, köngilda ğalati iştibohlar uyğotdi. Töğri, ehtirosga berilmasdan, mantiqan öylab körilsa, bu yozuv – yölovçilar uçun ma'lum bir nomdagi hudud çegarasi tugaganini eslatuvçi belgi, xolos. Lekin şunaqayam öyga toldirguvçi belgi-ki...
Joylarga va hududlarga nom beriş bilan şuğullanuvçi toponomik komissiyalar işidagi jiddiy “qovun tuşirdi”dan dalolat aslida bu. Yaqin tariximizda ham şunaqa - “Salla” desa, biratöla kallani oliş” xastaligi urçib yotardi. Birgina tumandagi “Lenin” nomi bilan atalguvçi bir emas, ikki emas, naq tört-beşta, töğriroği, “Lenin nomli”, “Leninizm”, “Lenin yöli”, “Lenin bayroği” kabi turfa urçima nomlar bilan atalgan xöjaliklar, hammom peştoqiga ham “Yaşasin...”namo alvon şiorlar yozilgan davrlarni kördik. Deylik, “Proletariy” nomli kolxozda joylaşgan “Kommuna” maktabida öqib, “Iliç” nomi bilan atalgan klublarda kinolar kördik. Balki tarixni qaytarmoq şart emasdir...
Bugungi – ançayin bir töyxona, mayxona va yoxud mahalla idorasi peştoqiga ham “Istiqlol”, “Mustaqillik”, “Özbekiston” kabi uluğvor tuşunçalarni bitib qöyib, ularni şu nomlar bilan ataş – öşa davrlardan qolgan tuşunçalarning oqavasi emasmi aslida?.. Balki “bas” qiliş fursati kelgandir. Ustoz yozuvçimiz beş-olti yil avval kuyinib yozganidek, “Bir xil... bir xil... bir xil”likdan qutuliş mavridi yetmadimikin?..
“Ziyolilar”, “Nuroniylar”, “Fidoiylar” kabi va hokazo “...lar” bilan atalgan köça-yu mahallalarni gapirmasa ham bölar. Sirasini aytganda, bu kabi “vatanparvarlik” va “nuktadonlik” qayerdan çiqayotganiga lol qolasan...
Töğrisi, uşbu sözlarni bitib, kimlarningdir, balki xayrli va nek niyatlar bilan boşlagan işiga soya soliş yoxud bu işlarga şubha bildiriş niyatimiz yöq. Şunçaki, uluğvor nomlarni örni bölsa-bölmasa, qöllayveriş neçoğli samara berişini-yu, buning örisçasiga aytganda, “medvejya usluga” (özbekçasi - “ur” desa, közini çiqariş” böladi, şekilli)










