Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Jinpingning taklifiga binoan 11 may kuni davlat taşrifi bilan Pekin şahriga yetib bordi. Prezidentga safarda rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Şoudu» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortgan. Prezidentni Xitoy rasmiy şaxslari kutib olgan.

Taşrifning asosiy voqealari 12—13 may kunlariga belgilangan.

Prezident Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jingpin, Davlat Kengaşi boş vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qömitasi raisi Jan Detsyan va boşqa rahbarlar bilan uçraşuv va muzokaralarda özaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, Özbekiston va Xitoy örtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlaş va izçil rivojlantirişning ustuvor yönalişlari muhokama etiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadi.

Mantiqli pragmatizm: Özbekiston Prezidenti Xitoyga taşrif buyurmoqda

Taşrif dasturida Özbekiston Prezidentining Xitoy yetakçi kompaniya va firmalari vakillari bilan uçraşuvi rejalaştirilgan bölib, unda Özbekistonda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda özaro foydali qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakuni böyiça Qöşma bayonot qabul qilinişi, Özbekiston va Xitoy örtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirişga doir hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boşqa qator hujjatlar imzolanişi möljallangan.

Taşrif doirasida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy şartnoma va bitimlar imzolanişi rejalaştirilgan.

Mirziyoyevning Xitoyga taşrifi çoğida 20 mlrd dollarga yaqin şartnoma imzolanişi kutilmoqda

Şavkat Mirziyoyev şuningdek, 14—15 may kunlari Pekin şahrida «Bir kamar, bir yöl» xalqaro forumida iştirok etadi.

Qayd etiş kerakki, bu Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston prezidenti sifatida Xitoyga ilk taşrifidir.