Özbekiston xotin-qizlar qömitasi 13 may kuni Velosiped sporti federatsiyasi hamda BMTning UNFPA Aholişunoslik fondi qöllab-quvvatlaşi ostida Toşkent şahridagi Amir Temur xiyobonida Jahon Oila kuniga bağişlangan ayollar bahorgi velomarafonini ötkazmoqda. Tadbir “Soğlom ayol – soğlom avlod” şiori ostida ötkaziladi.
Velomarafonga soat 10:00da A.Qodiriy köçasida start beriladi.
Umumiy masofa – 5 kilometr.
Tadbir 3 yoşga doir toifada ötkaziladi:
- 18 yoşdan 30 yoşgaça;
- 31 yoşdan 45 yoşgaça;
- 45 yoşdan katta.
Iştirokçilar orasida Olimpiya öyinlari sovrindorlari, elçixonalar vakillari va Özbekiston estradasi vakillari böladi.
Ğoliblarni mukofotlaş marosimidan söng özbek estradasi vakillari hamda raqs dastalari iştirokida musiqiy-köngiloçar dastur havola qilinadi.
Velomarafonda qatnaşiş bepul.
Marafonda iştirok etişni istaganlar 13 may kuni soat 7:00 dan 9:00 gaça röyxatdan ötişi kerak böladi.
Batafsil ma'lumot uçun telefonlar: (+998 99) 820-06-68, (+998 71) 256-06-35.












