Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida, tuman markazidagi Qaropçi mahallasi markazida joylaşgan, bayramona bezatilgan «Marvarid» töyxonasida yetti juft kelin-kuyovning nikoh töyi ularning yaqinlari, viloyat jamoatçiligi iştirokida ötkazib berildi.
Viloyatning Mirzaobod, Sirdaryo, Oqoltin, Boyovut va Xovos tumanlaridan bölgan 14 nafar yoş yangi hayotga qadam qöygan, 7ta baxtli oilaga asos solingan.
«Prezident e'tibori – muruvvat tadbirlarida» şiori ostida Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi va Sirdaryo viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etilgan töyda davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, madaniyat va san'at namoyondalari, nuroniylar yoşlarni tabriklab, ularning yangi, mustaqil hayotida baxt va omad tiladi.
Sirdaryo viloyati hokimi Ğ.Mirzayev va boşqalar prezident Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida inson manfaatlarini himoya qiliş, aholining barça qatlami, xususan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar turmuş şaroitini yaxşilaş, ularni moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaşga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladilar. Butun mamlakat böylab ötkazilayotgan uşbu töyu-tantanalar ham köplab oilalarga quvonç va şodlik ulaşgani, ularning köp muammolariga yeçim topilgani qayd etildi.

Töylar arafasida mahalliy hokimliklar, jamoat taşkilotlari yordamida kelin-kuyovlar istiqomat qilayotgan xonadonlar ta'mirlandi. Oqoltin tumanilik yoş juftlik – Zaynobiddin va Şahnoza Abdurasulovning xursandçiligi qöşa böldi, töy oldidan Oqoltin tumani hokimligi tomonidan kelin-kuyovga Sardoba qörğonidan ikki xonali kvartiraning kaliti topşirildi.
«Şahnozaxon Andijondan kelin bölib keldi. Rosti, töyimiz biz kutganimizdan-da a'lo tantana bilan ötdi. Ikkimiz ham çeksiz hayajon va hayratdamiz. Bu ajoyib tadbir hayotimizdagi eng quvonçli kun sifatida bir umr yodimizda qoladi. Körsatilayotgan e'tibor, ğamxörlik uçun davlatimiz rahbaridan, hukumatimizdan, barça saxovatli insonlardan minnatdormiz», deydi Zaynobiddin.
Töy arafasida homiy taşkilotlar tomonidan barça udumlar amalga oşirilgan. Barça kelin-kuyovlarga Prezident sovğalari – mebellar töplami berilgan. Muhimi, işsiz kelin-kuyovlar işga joylaştirilgan. Ularning işga kirgani haqida sertifikatlar töy tantanasi çoğida taqdim etilgan. Endilikda yoşlar yangi oilalarini özlari moliyaviy ta'minlay olişi kafolatlangan.
«Bizga nikohdan oldin tibbiy körikdan ötkaziş, nikohimizni rasmiylaştiriş uçun imtiyozlar berildi. Nikoh töyi marosimida hammamizga nikoh guvohnomasini viloyat hokimi tantanali topşirdi, biz juda baxtiyormiz», - deydi Boyovut tumanilik yoş juftlik Dilnozaxon va Sunnatilla Raupov.












