Angliya premer-ligasining 37-turidan örin olgan ikki uçraşuv bölib ötdi. Unda  markaziy uçraşuvda «Vest Bromviç» va «Çelsi» jamoalari maydonga tuşişdi.

Uçraşuvning 82-daqiqasida belgiyalik Mişi Batşuayi tomonidan kiritilgan gol londonliklarga kiçik hisobdagi ğalabani taqdim etdi va bu jamoa uçun yetarli bölgan uç oçkoni taqdim etdi.

Natijada 36 uçraşuvda 87 oçko töplagan «Çelsi» ikkita öyin qolgan premer-ligada muddatidan oldin çempion böliş vazifasini uddaladi. Uçta öyin ötkazişi lozim bölgan «Tottenhem»dan jamoa endilikda 10 oçko oldinga ötib oldi. Bu «Çelsi»ning premer-liga taşkil etilganidan buyon qölga kiritgan beşinçi çempionligi böldi.

Angliya premer-ligasi, 37-tur

Vest Bromviç – Çelsi 0:1 (0:0)
Gol: Batşuayi (82).
Vest Bromviç: Foster, Makoli (Uilson, 64), Nom, Douson, Evans, Livermor, Fletçer, Fild (Yakob, 51), Makkleyn (Şadli, 59), Brant, Rondon.
Çelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matiç, Mozes (Zuma, 86), Pedro (Batşuayi, 76), Fabregas, Azar (Villian, 75), Diyego Kosta.
Ogohlantirişlar: Makkleyn (20), Fild (36), Uilson (71).

 

Turning yana bir uçraşuvida  «Everton» «Uotford»ni qabul qilib, kiçik hisobda zafar quçdi.

Everton – Uotford 1:0 (0:0)

Gol: Barkli (56).