Yevropa çempionatlarida mavsum yakunlaşa borgani sari bir qator futbolçilarning öz jamoalarini özgartirişi haqida köpdan-köp xabarlar tarqalmoqda. Ba'zi naşrlar ba'zi futbolçilarning ba'zi jamoalar bilan kelişib qöygani haqida yozmoqda. Şuningdek, qaysi murabbiy kelgusi mavsumda qaysi jamoani boşqarişi ayonlaşmoqda. Quyida şunday ehtimoliy transferlar körib çiqiladi.

Serj Ore, 24 yoş, «PSJ»

Bu yil yozida Oreda jamoasini özgartiriş uçun sabablar bor. Uning amaldagi şartnomas muddati 2019 yilga qadar tuzilgan va rahbariyat uşbu ivuarlik futbolçiga yangi şartnoma taklif qilayotgan bölsada, u rozi bölişga şoşilmayapti.

Serjda ajoyib iste'dodga ega futbolçi, uning kuçi köp, tezligi zör, texnika joyida, öyinning oxiriga qadar çarçamaydi. U öz qanotini öyin davomida töla yopa oladi. Asosiy kamçiligi - xarakter. Oreni qöldagi granataga qiyoslaş mumkin, u odamning özini portlatib yuborişi mumkin, undan yaxşisi raqibga qarşi foydalangan ma'qul. U munosib murabbiy qölida yanada kuçayişi, dunyodagi eng yaxşi öng qanot himoyaçilaridan biriga aylanişi mumkin. 

Ehtimoliy transfer: «Barselona», «Mançester Yunayted», «Mançester Siti»

Transfer qiymati: 15 mln yevro, transfermarkt ma'lumoti

Bernardu Silva, 22 yoş, «Monako»

Ligi 1 çempionatining yana bir vakili, «Monako»ning öng qanot yarim himoyaçisi Bernardu Silva. Heç kimda şubha yöqki, klublar bu yozda monegasklar futbolçilarini bölib olişadi. Portugaliyalik bu futbolçi bu mavsum jamoasining asosiy futbolçilaridan biriga aylandi, unga hatto «Barselona» va «Real» tomonidan qiziqişlar paydo böldi. Unda ajoyib texnika, maydonni yaxşi köra oliş, tezlik, Ligi 1 ning eng yaxşilaridan biri böliş salohiyati va Messiga qiyoslaş. Bunday futbolçi uçun 50 million yevro sarflaşga tayyor jamoalar bir talay.

Bernardu Silva: «Ispaniya va Angliya – eng yaxşi ligalar. Bu ligalarda öynaşni orzu qilaman»

Ehtimoliy transfer: «Real», «Barselona», «Mançester Yunayted», «Çelsi»

Transfer qiymati: 25 mln yevro, transfermarkt ma'lumoti