Fiat Chrysler Automobiles kompaniyasi (FCHA.MI) 1.25 mlndan ortiq pikap rusumli avtomobillarini dunyo böyiça qaytarib olişini e'lon qildi. Bunga maşinalarning dasturiy ta'minotidagi xatolar sababli yuz bergan YTHda 1 kişining ölgani va 2 kişining jarohat olgani asos bölgan.
Xato kod yon tomonga örnatilgan xavfsizlik yostiqçasining işlamay qolişiga hamda notekis yöllarda harakatlanganda xavfsizlik kamari tutqiçining işdan çiqişiga sabab böladi.
Kompaniya çaqirib olinadigan modellarning kompyuter dasturiy ta'minotlarini qayta örnatib beradi.
Şunday qilib, AQŞda 1.02 mln dona 2013-16 yillarda işlab çiqarilgan Ram 1500 va 2500 pikaplari, 2014-2016 yillarda işlab çiqarilgan Ram 3500 pikaplari qaytarib olinsa, Kanadada 216 ming 7ta; Meksikada 21 ming 668ta; 21 ming 530 tasi Şimoliy Amerikadan boşqa mamlakatlarda çaqirib olinadi.
Fiat Chrysler ma'lumotlariga köra, bu jarayon şu yilning iyun oyida boşlanadi.

















