XXR tijorat vaziri örinbosari Tsyan Kemin matbuot anjumani davomida Yangi ipak yöli loyihasini amalga oşirişdagi muvaffaqiyatlar haqida gapirib berdi. Amaldorning sözlariga köra, 2016 yil yakuni böyiça XXRning loyiha iştirokçi davlatlari bilan taşqi savdo aylanmasi 20 trln. yuan (2,9 trln. AQŞ dollari) miqdoridagi rekord darajaga yetdi.

«Biz taşqi savdo aylanmasi jiddiy ösayotganini kuzatmoqdamiz. Xitoy hukumati tomonidan qabul qilingan qöşimça çoralar tufayli, 2017 yilda uşbu körsatkiç ilk bora 25 trln. yuandan oşib ketişi mumkin», - deya ma'lum qildi Tsyan Kemin.

Uning qayd etişiça, ayni damda Xitoy hududida 11 ta alohida iqtisodiy zonalar faoliyat körsatayotgan bölib, ularda xorijiy kompaniyalar uçun qulay sarmoyaviy muhit yaratilgan, deb yozadi «Jenmin jibao».

«15 may kuni Pekinda «Bir makon, bir yöl» xalqaro yiğilişi öz işini boşlaydi, u Xitoy hukumatining iqtisodiy taşabbusiga yangiça nazar bilan qaraş imkonini beradi. Bizning kutişimizça, tadbir davomida birdaniga bir neça yirik kelişuvlar imzolanadi», - deya qöşimça qilib ötdi XXR tijorat vaziri.

Eslatib ötamiz, Pekinda 14-15 may kunlari bölib ötadigan «Bir makon, bir yöl» xalqaro forumida Özbekiston prezidenti ham iştirok etadi.