Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi jazoni ijro etiş xizmatlari hamdöstlikka a'zo davlatlar hududida sodir etgan oğir jinoyatlari uçun sudlanganlar, şuningdek, terrorçilar va ekstremistlarni ta'qib qilişda yordam beradigan umumiy ma'lumotlar bazasini yaratişmoqçi, deb xabar beradi «Rossiyskaya gazeta».

Bu qaror Minskda ötkazilgan MDHga a'zo davlatlarning penitentsiar xizmatlari rahbarlari Kengaşi yiğilişida qabul qilingan. «Rossiyskaya gazeta» naşriga yiğiliş iştirokçilaridan biri, Rossiya jazoni ijro etiş federal xizmati direktori örinbosari Valeriy Maksimenkoning ma'lum qilişiça, bunday baza yarim yil içida yaratilişi mumkin.

«Terrorçilar, ekstremistlar va oğir jinoyatlar uçun sudlanganlar haqidagi umumiy axborot bazasini yaratiş — Kengaşning muhim loyihalaridan biri, — dedi Valeriy Maksimenko. — bunday insonlarda ozodlikka çiqqanidan söng mamlakatlarimiz çegarasini qaydsiz va nazoratsiz, erkin kesib ötiş, özining jinoiy faolyaitini davom ettiriş imkoniyati bölmasligi kerak».

Avvalroq MDHga a'zo davlatlarning qamoqxonalar xizmati vakillari umumiy ma'lumotlar bazasiga nafaqat sudlanganlar ism-familiyasi va barmoq izlarini, balki DNK namunasi yoki masalan, jinoyatçini köziga qarab aniqlaş imkonini beradigan qandaydir biometrik axborotni qöşişni taklif etişgan edi.