Pokistonning Belujiston viloyati hududida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 25 nafarni taşkil qilmoqda. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.

Portlaş bugun Mastung okrugi hududida sodir etildi. Xudkuş terrorçi Pokiston parlamenti yuqori palatasi raisi örinbosari Abdul Ğofur Haydariy kortejiga hujum qilgan. Haydariy ayni vaqtda şifoxonaga yotqizilgan, terakt oqibatida jami 35 kişi jarohatlangan.

Haydariyning özi jarohati jiddiy emasligi haqida ma'lum qilgan.

OAVda tarqalgan xabarlarga köra, u öz maşinasida bölmagani uçun halokatdan qutilib qolgan.

Uşbu terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga oldi.