2017 yil 11-12 may kunlari Toşkentda Şanxay hamkorlik taşkiloti Forumining ön ikkinçi majlisi bölib ötdi. Tadbir davomida ÖzA muxbiri Nodira Manzurova ŞHTga a'zo davlatlarning yetakçi ilmiy-tadqiqot markazlari ekspertlari bilan suhbatlaşdi.

Li Sin, Şanxay xalqaro tadqiqotlar akademiyasi huzuridagi Rossiya va Markaziy Osiyo markazi direktori (Xitoy):

“Xitoy, Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikistonni birlaştirgan ŞHT yaqin vaqtda Hindiston va Pokistonni ham öz tarkibiga olib, yanada yirik xalqaro taşkilotga aylanadi. Hindiston va Pokistonning taşkilotga qöşilişi ŞHT uçun ta'sir doirasini kengaytiriş, aholi sonining köpayişi va iqtisodiy qudratning yuksalişini anglatadi, xalqaro munosabatlarda taşkilotning örni va rolini oşiriş, tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaşda faol iştirok etişiga kömaklaşadi. ŞHTning kengayişi, ayniqsa, “Bir makon, bir yöl” taşabbusi doirasida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rağbatlantirişga turtki böladi. Özbekiston bundan buyon ham ŞHT doirasida dolzarb masalalarni muhokama qilişda faol iştirok etib, mintaqaviy va global muammolarni hal etişga munosib hissa qöşadi”. 
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyovning 11-13 may kunlari Xitoyga ilk davlat taşrifi özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi”.

Faramarz Tamanna, Afğoniston Taşqi işlar vazirligining Strategik tadqiqotlar markazi direktori:

“Özbekiston Afğonistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini qayta tiklaşga yordam berayotgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oşirişda faol iştirok etayotgan muhim davlat va işonçli şerikdir. Afğoniston Özbekiston asosiy rol öynayotgan ulkan mintaqamizning bir qismi hisoblanadi. Ötgan yillar davomida Özbekiston xalqimizga yelkadoş böldi, Afğoniston muammosini hal etiş, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarşi kuraşiş böyiça muhim taşabbuslarni ilgari surdi. Özbekistondek işonçli qöşnimiz borligi bilan faxrlanamiz”.

Farida Möminova, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktorining örinbosari:

“Tojikiston bilan Özbekiston yaqin qöşnilardir. Xalqlarimiz madaniyati va an'analari çambarças boğlangan. Hamkorligimizni barça jabhalarda kompleks rivojlantiriş juda muhim. Tojikiston va Özbekiston iqtisodiyot sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaş uçun ulkan imkoniyatlarga ega. Mamlakatlarimiz transport kommunikatsiyalari xarajatlarining pastligi işlab çiqariş kooperatsiyasi va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantiriş imkoniyatini yaratadi. Bularning barçasi mamlakatlarimiz oldida turgan strategik vazifalarni hal etişda muhim omil böladi”.