Tarkibiga xalq mudofaasi otryadlari (YPG va YPJ) kiruvçi Suriya Demokratik kuçlari (SDF) otryadlari 11 may keçki payt AQŞdan qurol-aslaha va zirhli texnika oldi, deb xabar berdi Suriya Demokratik kuçlaridagi manba RIA “Novosti” axborot agentligiga.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiyaning e'tiroziga qaramay, 8 may kuni Suriyada IŞIDga qarşi kuraş olib boruvçi kurd tuzilmalarini qurollantiriş rejasini tasdiqlagan.
Axborot agentligi manbasining ma'lum qilişiça, kurdlar Hummer avtomobillari, tanklar, minomyotlar va issiqlikni nişonga oluvçi raketalar olgan. Qurol-aslaha va texnika quruqlik böyiça Iroq hududi orqali Semelka nazorat-ötkaziş punktigaça olib borilib, söngra Röjava tumaniga taşlangan. U yerdan yuk furalarda Kobani va Tel-Obod janubiga yetkazilgan.
"Bu qurol-aslaha va texnika Raqqani ozod qilişda, jumladan şaharni şturm qilişda faol qöllanadi", deb aytdi manba.
Avvalroq kurdlarga qurol-aslaha yetkazib berilişi Anqaraning keskin noroziligiga sabab bölgandi. Anqara Suriyadagi kurd tuzilmalarini Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, deb hisoblaydi. Anqara muxtoriyat uçun erişmoqçi bölayotgan suriyalik kurdlar ortidan Turkiyadagi kurdlar ham mustaqillikni talab qilişi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Hozirda Suriya Demokratik kuçlari AQŞ aviatsiyasi va maxsus bölinmalari kömagida Tabqa va Raqqa şaharlarini IŞID jangarilaridan ozod qiliş operatsiyasini olib borişmoqda. Bu esa öz navbatida rasmiy Damaşqning noroziligiga sabab bölmoqda. Uning fikriça, amerikaliklar Suriya hukumatining roziligisiz harakat qilmoqda va ularning Suriya şimolida mavjudligi mohiyatan bosqinçilik hisoblanadi.












