Shveytsariyaning "Pulli" jamoasi himoyachisi Adriyen Gulfo yiqilib tushayotgan vaqtda to‘pni darvozadan uzoqlashtirish maqsadida o‘zidan oshirib tepishga urindi. Biroq to‘p o‘z darvozasidan joy oldi, deb yozmoqda Guardian Football nashri.
Voqea "Renen" jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘yinda yuz bergan. Shu bilan birga, jamoa o‘yinni o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘lgan. "Pulli" 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.














