Fransiyaning Lion şahridagi tasviriy san'at muzeyi Furver tunab ketildi. Muzeydan öğirlab ketilgan eksponatlarning qiymati bir million yevroga baholangan.
Jinoyatçilar muzeyning asosiy eksponati – Deva Mariya tojini (tiara) öğirlaşgan. Uşbu zeb-ziynat 1 ming 791 ta qimmatbaho toş bilan bezalgan. Şuningdek, boşqa qimmatbaho buyumlar ham yöqolgan.
Mahalliy politsiyaning ma'lum qilişiça, öğrilar muzeyga 13 may kuni soat 03:30 larda kirişgan. Tergovçilarning fikriça, öğrilar yaxşi tayyorlangan va jihozlangan bölgan. Ular puxta öylangan reja asosida harakat qilişgan.
Hozir muzey vaqtinçalik yopib qöyildi, deb xabar bermoqda France 3 telekanali.












