Rossiya premer-ligasining 28-turidan örin olgan törtta uçraşuv bölib ötdi.
Çempionlik masalasini hal qilib bölgan «Spartak» Permda «Amkar» mehmoni bölib Aleksandr Samedovning yagona goli evaziga ğalaba qozongan bölsa, «Zenit» Samarada Artyom Dzyubaning dubli va Xavi Garsiyaning goli evaziga ğalaba qozonib, YeÇL yöllanmasi uçun kuraşayotgan TsSKA bilan oradagi farqni bir oçkogaça qisqartirdi.
«Lokomotiv» esa «Orenburg»ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida ğalabaga erişdi. Uçraşuvda Özbekiston terma jamoasi himoyaçisi Vitaliy Denisov maydonga tuşmagan bölsa, yarimhimoyaçi Vadim Afonin mehmonlar tarkibida 58 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi.
Yevrokuboklar yöllanmasi uçun kuraşayotgan «Krasnodar» esa «Ural» uyida sönggi daqiqada kiritilgan gol evaziga mağlubiyatdan qutulib qolişning uddasidan çiqdi.
Rossiya premer-ligasi, 28-tur
Ural – Krasnodar 1:1 (1:0)
Gollar: Naldo (42, avtogol) – Klasson (90).
Ural: Arapov, Kulakov, Balajits, Tabidze (Novikov, 37), Dantsev, Pavlenko (Fidler, 58), Yemelyanov, Manuçaryan (Lungu, 68), Bikfalvi, Dimitrov, Ilin.
Krasnodar: Sinitsin, Kaleşin (Ramires, 76), Naldo, Grankvist, Torbinskiy, Gazinskiy, Kabore, Pereyra (Joaozino, 61), Jigulev (Mamayev, 46), Klasson, Vanderson.
Ogohlantirişlar: Pereyra (50), Naldo (64), Grankvist (90).
Amkar – Spartak 0:1 (0:0)
Gol: Samedov (50).
Amkar: Xomiç, Zaytsev, Zanev, Balanoviç (Kostyukov, 60), Milkoviç, Gasilin, Gol, Idovu, Komolov (Salugin, 78), Bodul, Gigolayev (Prokofev, 86).
Spartak: Selixov, Kutepov, Bokketti, Djikiya, Tigiyev, Gluşakov (Timofeyev, 72), Samedov, Leontev, Melgarexo (Promes, 58), Ananidze, Luis Adriano (Ze Luiş, 58).
Ogohlantiriş: Zanev (76).












