Angliya premer-ligasining 37-turidan örin olgan markaziy uçraşuvda «Tottenhem» «Mançester Yunayted»ni qabul qildi.
Uçraşuvning 6-daqiqasida Viktor Vanyama boşi bilan gol urib hisobni oçgan bölsa, ikkinçi bölim boşida Harri Keyn farqni ikkitaga oşdi. 71-daqiqada Ueyn Runi oradagi farqni bittaga qisqartirgandi. Biroq qolganiga mançesterliklarning kuçi yetmadi va jamoa mavsumdagi 5-mağlubiyatini tan olişga majbur böldi.
Uşbu ğalabadan keyin «Tottenhem» hisobidagi oçkolar soni 80taga yetdi va jamoa 2-örinni özi uçun rasmiylaştirdi. «Mançester Yunayted» esa 65 oçko bilan 6-örinda qoldi va Yevropa çempionlar ligasi yöllanmasi uçun milliy çempionat orqali kuraşiş imkoniyatidan mahrum böldi. Endilikda Mourino jamoasi Yevropa ligasidagi ğalaba orqali bu işni uddalaşi mumkin.
APL, 37-ur
Tottenhem – Mançester Yunayted 2:1 (1:0)
Gollar: Vanyama (6), Keyn (48) – Runi (71).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Vertongen, Devis, Tripper (Uoker, 83), Vanyama, Alli, Eriksen (Nkudu, 90), Dayyer, Keyn, Son Hyong Min (Dembele, 72).
Mançester Yunayted: De Xea, Tuanzebe (Errera, 61), Bayi, Jons, Blind, Lingard (Mxitaryan, 61), Kerrik, Mata (Reşford, 79), Smolling, Marsyal, Runi.
Ogohlantirişlar: Runi (36), Vanyama (74), Bayi (90).












