Pekinda Xitoy xalq respublikasi raisi Si Jinping «Bir makon — bir yöl» forumi doirasida doira stol atrofidagi yiğilişni oçib berdi. Yiğilişda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi va qisqaça çiqiş qildi.

29 davlat rahbarlari iştirokidagi yiğilişda Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilingan.

«Fragmentatsiya va proteksionizmdan qoçib, dialoglar va maslahatlaşuvlar orqali işlaş kerak», deya qayd etgan Xitoy rahbari.

U şu bilan birgalikda kreditlar xarajatlarini kamaytiriş va aniq loyihalar böyiça hamkorlikni rivojlantirişni taklif etgan.

XXR rahbari avtomobil yöllari va temir yöllar quriş, issiqlik elektrostansiyalarini, gaz quvurlari va portlarni modernizatsiya qilişning yagona infratuzilmasini tuziş orqali investitsiyalar jalb etiş hamda yangi iş örinlari yaratiş mumkinligini qayd etib ötgan.

Si Jinping madaniy aloqalarni rivojlantiriş ham muhim ahamiyatga ega ekaniga urğu qaratgan.

Yiğiliş matbuot uçun yopiq rejimda ötdi. Muhokamalar yakunida davlatlar rahbarlari birgalikda suratga tuşişdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 15:00da işçi tuşlik ötkaziladi, 16:00da brifing ötkaziladi.