Tadqiqotçi Mett Traudt Tor anonim tarmoğidagi “eng töla va befoyda resurslar röyxati”ni tuzib çiqdi. Unga internetning yopiq segmenti manzillarida işlatiluvçi turli belgilarning ehtimoliy birikmalari ham kiritilgan, deb xabar bermoqda Fossbytes naşri.

Tadqiqotçi “qoronği” saytlarning haqiqiy kölamini baholaş mumkin emas, degan fikrni rad etişga qaror qilgan. Traudt şunçaki harflar va raqamlarning tasodifiy yiğindisidan foydalandi, ular onion-makondagi resursga yetaklaşi mumkin edi. Yaratilgan röyxatdagi manzillarning köpçiligi real saytga ega emas va befoydadir.

Röyxatda 1 208 925 819 614 629 174 706 176 sayt (septilliondan köproq) bor. Tadqiqotçining özi loyihani “koinotdagi eng uzun va befoyda onion-kartoteka” deb ataydi.

Şuningdek Traudtning ta'kidlaşiça, “qoronği” internetdagi saytlarni bir neça toifaga bölib çiqiş juda qiyin, sababi ularning aksariyati xuddi paydo bölgandek kabi, tezlik bilan yöqoladi. Uning fikriça, röyxat foydali bölmasligi mumkin, biroq Tor’dagi saytlar hajmi haqida ehtimoliy tasavvur uyğotadi.