O‘tgan haftaning uik-endi arafasida Angliyada yangi chempion nomi aniq bo‘ldi. Italiyada esa «Yuventus»ning chempionligini bir turga kechiktirishdi. Ispaniyada esa ikki grand sinxron g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Tribuna.Uz o‘tgan haftaning shu kabi eng yorqin lahzalarini bir joyga to‘pladi.

Angliyadagi italyancha hukmronlik

Angliyada ikkinchi mavsumdirki italiyalik murabbiylar g‘alaba qozonishmoqda. Qiziq tomoni ikkala italyanlar ham o‘z jamoasiga ish boshlagan birinchi mavsumidayoq bu ishni uddalagani tahsinga sazovor. Ammo Klaudio Raneri boshqa jamoada bo‘lsada, APLda ishlashga ulgurgandi. Ammo Antonio Konte premer-ligadagi mutlaqo debyut mavsumidayoq jamoani chempionga aylantirishni uddaladi. Konte APL debyutidayoq chempion bo‘lgan to‘rt murabbiydan biriga aylandi.

Chempionlikni boy bergan «Tottenhem» esa hech bo‘lmasa ikkinchi o‘rinni naqd qilishning uddasidan chiqdi. «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv jamoa uchun «Uayt Hart Leyn»dagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi va unda g‘alaba qozongan Pochettino shogirdlari muddatidan oldin APL tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. YeChL yo‘llanmasi uchu esa kurashdan qizg‘in davom etmoqda. Londondagi mag‘lubiyatdan keyin bu kurashdan chiqqan «MYu», endi bor-e'tiborini Yevropa Ligasiga qaratgan va buni Mourino ham ochiqchasiga tan olib aytmoqdaki: «MYu» ayni vaqtda APLda o‘ynagisi kelmayapti