Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasining 50ga yaqin mamlakati YevrOsiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilişga qiziqiş bildirmoqda, degan Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

"YeOIIning taşqi aloqalari işonç bilan kengaymoqda. U bilan hamkorlik qilişga Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasining 50ga yaqin davlati qiziqiş bildirayapti", — degan Putin "Bir makon — bir yöl" forumi doirasida bölib ötgan davra suhbatida. 

Uning qayd etişiça, YeOII va Xitoy örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik kelişuvi böyiça muzokaralar olib borilayapti. Bundan taşqari, Isroil bilan erkin savdo aloqalarini örnatiş ustida muloqot ötkazilmoqda. Hindiston, Eron, Misr, Serbiya va Singapur bilan maslahatlaşuvlarni boşlaşga kelişib olingan. 

"Umuman olganda, biz YevrOsiyo hamkorligi haqida söz yuritmoqdamiz. Gap YeOII, ŞHT va JŞODA (Janubiy-şarqiy Osiyo davlatlari Assatsiatsiyasi) mamlakatlari iştirokida köp tomonlama kooperatsiyani yölga qöyiş haqida bormoqda", — degan Putin.

Uning qayd etişiça, bunday hamkorlikni yölga qöyiş  — uzoq va sermehnat jarayon, ammo bu işni amalga oşiriş juda muhimdir, çunki u alaloqibat Atlantikadan Tinç okeanigaça bölgan hududda yagona iqtisodiy kenglikni barpo etişga imkon beradi.