Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga taşrifi yakunlari böyiça ötkazgan matbuot anjumanida bayonot berişiça, «Bir makon, bir yöl» taşabbusi AQŞdagi içki siyosiy kuraş va Brexit jarayonini boşidan keçirayotgan jahon iqtisodiyotiga barqarorlik ulaşadi.
«Yirik siyosiy va iqtisodiy markazlarda noaniqlik tobora ösib borayotgani, masalan, aytaylik, Qöşma Ştatlarda içki siyosiy kuraş davom etayapti, nafaqat siyosat, balki iqtisodiyotda ham ma'lum bir asabiylaşişga sabab bölmoqda», — degan Putin.
Putinning qöşimça qilişiça, Yevropa hamjamiyati Brexit jarayoni «qanday ötişi, natijalar qanday bölişi»ni taşviş bilan kuzatib turibdi. Şunga köra, Putinning fikriça, «qandaydir barqarorlikka umid uyğotuvçi işoralarga talab bor».


















