14 may kuni Xitoy raisi Si Jinping Pekindagi Milliy majlislar uyida Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uçraşdi. Nazarboyev hozirda Pekinda "Bir makon, bir yöl" forumida iştirok etmoqda. 

Jinping uçraşuv vaqtida Xitoy va Qozoğiston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgandan beri 25 yil içida ikki davlat örtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib kelganini ta'kidlab ötdi. Ikki davlat örtasidagi eng yuqori darajadagi aloqalar yanada yaqinlaşdi, tomonlar siyosiy özaro işonçni uzluksiz mustahkamlamoqdalar, amaliy hamkorlikni har tomonlama ilgari surmoqdalar.    

Xitoy rahbarining aytişiça, diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Xitoy Qozoğiston bilan birgalikda yaxşi qöşniçilik va döstlik ruhini rivojlantiriş uçun sa'y-harakatlar amalga oşirişni, özaro manfaatli hamkorlikni çuqurlaştiriş hamda Xitoy va Qozoğiston örtasida har tomonlama strategik hamkorlikni yanada yuqoriroq darajaga kötarişni istamoqda.   

Jinping ikki davlatni qonun ijroçiligi, xavfsizlik va terrorçilik, ayirmaçilik va ekstremistlikka qarşi kuraş böyiça hamkorlikni faollaştirişga çaqirdi. Xitoy Qozoğistonning xalqaro maydonda tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaşda muhim rol öynaşini qöllab-quvvatlaydi va u bilan birga BMT, ŞHT va Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş doirasida hamkorlikni çuqurlaştirişni istamoqda.    

Foto:russian.news.cn

Nazarboyev, öz navbatida, Xitoy raisini "Bir makon, bir yöl" forumi oçilişi muvaffaqiyatli ötgani bilan tabrikladi. 

Nazarboyev Jinping forumning oçilişidagi nutqi bilan bugungi xalqaro hamjamiyat duç kelayotgan köplab muhim va dolzarb masalalarga javob berganini aytdi. 

Nazarboyev Qozoğiston ham xavfsizlik va rivojlaniş sohalaridagi xalqaro va mintaqaviy masalalar böyiça Xitoy bilan hamkorlikni faollaştirişga qiziqiş bildirişini ta'kidlab ötdi.