Italiya çempionatining 36-turida «Napoli» «Torino» bilan öynadi. Turinda keçgan uçraşuv mehmonlarning 5:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Jo Hart darvozasiga gollarni Xose Kallejon (dubl), Lorentso Insine, Dris Mertens va Pyotr Zelinski urdi. 

Uşbu ğalaba evaziga neapolliklar jamoasi turnir jadvalida «Roma»ni quvib ötib, ikkinçi öringa kötarildi. Rimliklar bugun «Yuventus»ga qarşi öynaydi.

Ayni vaqtda, mavsum yakuniga ikki tur qolganida Allegri jamoasi 85 oçko bilan birinçi örinda, «Napoli» 80 oçko bilan ikkinçi, «Roma» 78 oçko bilan uçinçi örinda joylaşgan.

Italiya çempionati, 36-tur

Torino – Napoli 0:5 (0:1, 0:4)
Gollar: 0:1 – 7 Kallejon, 0:2 – 60 Insine, 0:3 – 72 Mertens, 0:4 – 76 Kallejon, 0:5 – 78 Zelinski.
Torino – Hart, Rossettini, Molinaro, Dzappakosta, Karlao, Benassi (Gustafsson, 52), Bazelli (Obi, 75), Yago Falke, Lyayiç, Boyye (Iturbe, 59), Belotti.
Napoli – Reyna, Albiol, Ğulom, Husay, Kulibali, Kallejon (Milik, 82), Allan (Zelinski, 64), Insine, Hamşik (Rog, 66), Mertens, Jorjino.
Ogohlantirişlar: Bazelli (8), Gustafsson (53), Albiol (56).