Kun.uz muxbirlari ötgan oyda Namangan viloyatida bölgandi. Safar davomida viloyat hokimi bilan qator masalalar böyiça suhbat uyuştirildi va bir neça muammoli mavzularda lavhalar tayyorlandi.
Xususan, Namangan şahri “Gözal” massivi Mehnatobod mahallasi Bahoriston köçasida yaşovçi aholi vakillari bir neça yildan beri toza içimlik suvi yöqligidan qiynalib kelayotganini xabar qilişgandi. Fuqarolardan biri aholi nomidan 4-5 marta mutasaddi rahbarlarga murojaat qilsa ham, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qabuliga ikki marotaba kirib ham uşbu muammoga yeçim topa olmagan.
Vaziyatni yanada oydinlaştiriş uçun Bahoriston köçasi aholisi bilan suhbatlaşildi. Suv bilan boğliq muammo juda ham dolzarb ekanligi oydinlaşdi. Mahalla raisi 5-6 yildan beri bu borada bironta iş qilmagan.
“6 yildan beri şu şaroitdamiz. Qöşni mahalladan tuşgan quvurdan kuniga 2-3 marta suv olamiz, u ham mana bugun kelmadi. Adirdan ariqqa tuşgan suvni tindirib işlatişga majburmiz”, - deydi mahalliy aholi vakili.
Sayt vakillari şahar qoq markazida joylaşgan uşbu köçaga 150 metrlik suv quvuri tortib keliş nega bu qadar dolzarb muammo bölayotgani, mutasaddi rahbarlar nima uçun fuqarolar murojaatiga bee'tiborligi bilan ham qiziqdi.
“Suvoqava” DUK Namangan şahar filiali rahbari mazkur masalaning yeçimi viloyat “Suvoqava” rahbari bilan boğliqligini ma'lum qilganidan söng, keyingi manzil ana şu rahbar - Ayubxon Appaqovning qabuli böldi.
“Suvoqava” taşkiloti birinçi faoliyati şundan iboratki, suv tarmoği bölsa yetkazib beradigan, uni tortadigan taşkilot emas. Tarmoq tortadigan taşkilot bor. Viloyat hokimligining “Injyenering” kompaniyasi bor. Davlat dasturi asosida qança tarmoq tortilişi belgilanadigan bölsa, şu tarmoqning tenderini ötkazib, uni tortib, bizga topşiradi, söng biz unga suv yetkazib beramiz. Biz tarmoq yetib borgan joyda suv bilan ta'minlaş uçun javobgarmiz. Yetib bormagan joylar uçun bizning texnikamiz bor, hokimning jadvali bor, uning asosida qayerda tasdiqlab berilgan bölsa, öşa joyga transportni yetkazib beramiz”, - deydi Appaqov.
Uning aytişiça, hozirda bu hududga Navoiydan quvur tortilmayapti, sababi bironta quriliş yöq. “150 metr quvur uçun Navoiydan transport kelmadi. Kelgan taqdirda ham bizga 1 500 kilometrlikdan ortiqroq pulga töğri keladi”, - deydi “Suvoqava” rahbari.
Uzoq bahs-munozaralardan söng rahbar 150 metr quvur kelişi bilan suv muammosini hal qilişga rozilik berdi. Biroq şu arzimagan 150 metrlik quvurning yöqligi sabab mahalla aholisi bir neça yillardan beri toza içimlik suvisiz qolişi hayratlanarli.
















