Angliya premer-ligasining 28-turida qoldirilgan uçraşuv bölib ötdi. Unda «Çelsi» mavsum çempioni sifatida ilk öyinini «Uotford»ga qarşi ötkazdi.
Uçraşuvda asosiy tarkibda maydonga Jon Terri 22-daqiqada hisobni oçgan bölsa, 24-daqiqada Eten Kapu hisobni tenglaştirdi. Sesar Aspilikueta birinçi bölimda, Mişi Batşuay ikkinçi bölim boşida kiritgan gollar evaziga «Çelsi» 3:1 hisobida oldinga çiqib olgandi. Deril Yanmaat va Okaka-Çukalar tomonidan kiritilgan gollar hisobni tenglaşişiga sabab böldi. Ammo öyin yakunlanişiga ikki daqiqa qolganida Sesk Fabregas tomonidan kiritilgan gol londonliklarga ğalaba keltirdi.
Uşbu ğalabadan keyin «Çelsi» hisobidagi oçkolar soni 90taga yetdi. Jamoa özining rekordi sanalgan 93 oçkolik natijani takrorlaş imkoniyatini saqlab qoldi.
Angliya premer-ligasi
28-turning qoldirilgan uçraşuvi
Çelsi – Uotford 4:3 (2:1)
Gollar: Terri (22), Aspilikueta (36), Batşuayi (49), Fabregas (88) – Kapu (24), Yanmaat (51), Okaka Çuka (74).
Çelsi: Begoviç, Zuma, Terri, Ake, Kenedi (Ayna, 75), Villian, Çaloba (Fabregas, 79), Azar, Kante, Aspilikueta, Batşuayi (Pedro, 84).
Uotford: Gomes, Pryodl, Xolebas, Yanmaat, Mariappa, Kapu (Dini, 90), Amrabat, Dukure, Bexrami, Kleverli, Nyang (Okaka Çuka, 71).
Ogohlantirişlar: Xolebas (4), Amrabat (11), Ake (30), Çaloba (58), Predl (83), Dini (90+4), Okaka Çuka (90+4).
Çetlatiş: Pryodl (90+2, Uotford).












