Belarusning eşik işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi kompaniyasi yoğoç velosipedlar işlab çiqarişni yölga qöydi. Ramasi oq qayindan yoki şumtoldan yasalgan velosiped dastaki usulda işlab çiqarilmoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

Yoğoç faqatgina ramada işlatiladi, rul, karetka va boşqa qismlarni tayyorlaş uçun pölat quymalar qöllanadi.

Oq qayindan yasalgan ramali velosiped 1890 Belarus rubli (ming dollarga yaqin), şumtoldan yasalgan ramalisi esa 2290 Belarus rubli (1210 dollar) turadi. Şuningdek, narx buyurtmaçining istaklari va velosiped butlanişiga ham boğliq böladi. Minimal narxdagi velosipedda old tormozlar yöq bölib, minimal miqdorda qöşimça elementlar közda tutilgan. Yoğoç ramaga 5 yil kafolat beriladi. Velosipedning özi esa 21 kg ni taşkil qiladi. 

Bunday velosipedlar dastaki usulda yiğiladi. Kompaniya bonus sifatida örindiq ostida joylaşadigan, biror yozuv yoki logotip tuşirib beriladigan şaxsiy tabliçkani taklif qilmoqda.  

Belarusda yoğoç velosipedlar ötgan asrning birinçi yarmida işlab çiqarilişi boşlangan. 1933 yilda töliq yoğoçdan yasalgan velosipedlardan biri Belarusdagi muzeylardan birida saqlanadi. U yarmarkaga kelgan dehqon odamdan sotib olingan. Dehqon qimmatbaho temir velosiped sotib ololmagani sabab, yoğoç velosiped yaratişga qaror qilgan. Muzey xodimlarining aytişiça, uşbu velosipedni hali ham minsa böladi.