Xitoy ikkinçi «Bir makon – bir yöl» xalqaro iqtisodiy hamkorlik forumini 2019 yili ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda XXR raisi Si Jinping Pekinda bölib ötgan «Bir makon – bir yöl» forumi yakunida matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Xitoy xalqaro hamkorlik böyiça «Bir makon – bir yöl» ikkinçi forumini 2019 yili ötkazadi», — degan Xitoy rahbari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham forum yakunida çiqiş qilgan.
«Janob Si Jinping keyingi uçraşuv 2019 yilda bölib ötişini e'lon qildi. Bu forum qanday samara beradi, buni hayot körsatadi. Aytganlarimiz amalga oşadimi, yöqmi, biz şu iş bilan şuğullanamiz», degan Putin.
14–15 may kunlari Pekinda ötkazilgan forumda 29 mamlakat rahbari qatorida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi.


















