Bugun Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida IV «Islom birdamligi sport öyinlari»ning törtinçi kungi musobaqalari davom etdi. Şu kuni Özbekiston delegatsiyasi medallar jamğarmasi yana bitta oltin va ikkita kumuş hamda oltita bronza medal bilan boyidi.

Avvaliga 41 yoşli Oksana Çusovitina Özbekistonga navbatdagi oltin medalni olib berdi.

Tennisçi qizlar (Sabina Şaripova va Komola Umarova) finalda Turkiya vakillariga yutqazib, kumuş bilan taqdirlanişdi, tennisçi yigitlar esa (Saida'lo Saidkarimov va Sergey Fomin) bronza uçun bahslarda Iordaniya vakillaridan ustun kelişdi.

Foto: MOQ
Foto: MOQ

Dzyudo böyiça jamoaviy bahslarda erkaklar jamoasi ham, ayollar jamoasi ham bronza medallar uçun bahslarda ğalaba qozondi va delegatsiya hisobiga yana ikkita kumuş medal kelib tuşdi.

Bronza medal uçun bölib ötgan bahsda Özbekiston erkaklar jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasi sportçilarini 4:1 hisobi bilan yengdi.

Yana 3ta bronza va bitta kumuş medalni oğir atletikaçilar olib berdi. 

-63 kg vazn toifasida musobaqada iştrok etgan Kumuşxon Fayzullayeva kumuş medal sohibiga aylandi. -69 kg vazn toifasida toş kötaruvçi Manzura Mamasoliyeva, -75 kg vazn toifasida iştirok etuvçi Omadoy Otaqöziyeva bronza medalini qölga kiritdi. Şuningdek, 69 kg vazn toifasida Doston Yoqubov bronza oldi.

Foto: MOQ
Foto: MOQ

Şuningdek, Mironşoh Ibrohimov (-49 kg) va Abdulhay Şorahmatov (-56 kg) öz janglarida ğolib bölib, yarim finalga çiqişdi. Ertaga Şorahmatov mezbonlar vakili Tayfur Aliyevga qarşi ringga kötariladi, Mironşoh Ibragimov esa suriyaliklar vakili Hussin Almasir bilan muştlaşadi.