Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga köra, bugun Özbekistonga xalqaro arxitektor Yan Geyl taşrif buyurdi, deb xabar bermoqda Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati
Dasturga köra, şahar jamoat maydonlarini loyihalaştiriş va şahardagi muhitni yaxşilaş masalalari böyiça tan olingan ekspert Yan Geyl Toşkent şahri me'morçiligini közdan keçirişi va özining qimmatli maslahatlari bilan örtoqlaşişi, Simpoziumlar saroyida “Zamonaviy jahon me'morçiligi” mavzusida seminar-trening ötkazişi belgilangan. Arxitektor şuningdek, Samarqandga taşrif buyurib, şahardagi diqqatga sazovor joylar bilan tanişadi.
Yan Geylning 50 yillik tadqiqotlari natijasida mavjud şahar va hududlarda maftunkor, gavjum va aholi uçun soğlom jamoat hududini yaratiş imkoniyati yuzaga kelgan. Professor Nyu-York, Kopengagen, Sidney, London, Melburn kabi yirik şaharlarning obodonçiligiga köça va jamoat joylarini loyihalaşga qöşgan hissasi uçun köplab mukofotlar sohibi bölgan. Kopengagendagi Stryoget piyodalar köçasi Geylning mehnati natijasi bölib, Yevropadagi eng uzun savdo piyoda zonasi hisoblanadi.












