Fransiyaning Axborot texnologiyalari va erkinlik böyiça milliy komissiyasi (Commission nationale de l'informatique et des libertes, CNIL) Facebook'ga 150 ming yevrolik jarima solinişi haqida ma'lum qildi. Bu haqida rasmiy hujjatlarga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi. 

CNIL bayonotiga köra, 2015 yilda Fransiya hukumati Facebook'ga mahalliy qonunçilikdagi özgarişlar haqida xabar bergan va "joylarda hamda onlayn tarzda" ijtimoiy tarmoq rahbariyati faoliyatini kuzata boşlagan.

Bir neça oy davomida fransuz nazoratçisi ma'lumotlar muhofazasiga oid köp sonli qonunbuzarliklarni aniqlagan va 2016 yilning yanvarida Facebook'ga aprel oyiga (2016 y.) qadar nomuvofiqliklarni töğirlaşni taklif qilgan.

Natijada Amerika kompaniyasining fransuz qonunçiligini buziş holatlarini töğirlaş muddati bir neça bor orqaga surilgan. Şunga qaramay, Facebook kompaniyasi CNIL tavsiyasiga amal qilişdan boş tortgan. Şu munosabat bilan nazoratçi Amerika kompaniyasini 150 ming yevroga jarima soliş töğrisida qaror qabul qildi.