PSA Peugeot Citroen tarkibiga kiruvçi DS markasi DS 7 Crossback yöltanlamasining alohida nusxasini taqdim etdi. Avtomobil Fransiya yangi prezidenti Emmanuel Makron uçun maxsus yaratildi, deb xabar bergan brend matbuot xizmati.

Yöltanlamas Ink Blue kuzov rangi, Fransiya Respublikasi alohida belgilari, trikolor uçun flagştok, elektr uzatmali yengil oçiluvçi tom, şuningdek, 20 dyuymli alyuminiyli ğildirak disklari bilan jihozlandi. Salon qora çarmda.

Prezident yöltanlamasi Citroen’ning yangi ilgagiga ham ega, u alohida kamera asosida işlaydi. U yöldagi holatni örganib boradi, söng elektronika har bir ğildirak uçun alohida maxsus amortizatorlar qattiqligini örnatadi. Avtomobil şuningdek DS Connected Pilot yarim avtomat boşqaruv tizimi bilan ham jihozlangan.

Makron avtomobilining boşqa tafsilotlari sir saqlanmoqda. Mart oyida Jyeneva avtosalonida namoyiş etilgan standart yöltanlamasning top nusxasi gibridli qurilmaga ega. Uning tarkibiga 200 ot kuçini beruvçi benzinli dvigatel hamda ikkita 80 kilovattli elektromotor kiradi. Umumiy hisobda qurilmalar 300 ot kuçini berişga qodir. 

Makronning yöltanlamasi modelning yölda paydo böladigan ilk nusxasiga aylanadi. DS 7 Crossback’ning rasmiy savdolari faqatgina 2018 yilning boşlariga rejalaştirilgan.