Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik tomog‘iga tiqilib qolgan tirik baliqdan qutqarildi
Hindistonda tibbiy xodimlar baliqchining tomog‘iga tirik baliq sakrab tushib qolganidan so‘ng uni "tajovuzkor" baliqdan xalos etishdi, deb xabar berdi Daily Mirror nashri.
Hindistonning Orissa shtatida yashovchi erkak Podadia qishlog‘i yaqinidagi hovuzdan labirintlilar oilasiga mansub 10 sm li baliqni tutib olgan, lekin uni qo‘lida ushlab qololmagan. Shunda sakrayotgan baliq erkakning og‘ziga kirib ketib, uning halqumida tiqilib qolgan.
Baliqchi nafas olishga va gapirishga halaqit qilayotgan baliqni o‘zi mustaqil ololmagan. Jabrlanuvchini yaqin oradagi kasalxonaga olib borishgan, lekin mahalliy shifokorlar ham unga yordam bera olishmagan. Shunda baliqchini shtat poytaxti Bxubaneshvar shahriga yuborganlar.
Tibbiy xodimlardan birining aytishicha, erkak tomog‘idan baliqning dumi ko‘rinib turgan. Jabrlanuvchiga og‘riq qoldiruvchi ukol qilinib, uning tomog‘idagi baliq jarrohlik qisqichi bilan olib tashlangan.
Baliqning suzgichlari tomondan erkakning tomog‘iga yetkazilgan jarohatlar 10 kunda bitib ketgan. Bu orada baliqchi burnidan kiritilgan zond orqali ovqatlangan.
Mavzuga oid
07:35 / 22.11.2025
Kanadada bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovlagani videoga tushdi
20:58 / 02.11.2025
Sirdaryoda elektr qarmoqda baliq ovlaganlar tabiatga 512 mln so‘mlik zarar yetkazdi
15:00 / 26.09.2025
Toshkent viloyatida baliq ovlaganlar tabiatga 680 mln so‘m zarar yetkazdi
00:33 / 20.08.2025