Fransiyaning yangi prezidenti Emmanyuel Makron Germaniya kansleri Angela Merkel  bilan Berlindagi uçraşuvi natijalariga köra Yevropa Ittifoqi isloh qilinişga muhtoj, deb aytdi.

"Bizga kamroq darajada byurokratlaşgan, öz fuqarolarini yaxşiroq himoya qila oladigan Yevropa zarur", deb aytdi Makron. Uning aytişiça, "Yevropasiz tinçlik, farovonlik va erkinlik bölmaydi". "Biz institutlar islohotlariga va yangi kelişuvlarga tayyormiz", deb aytdi Makron. Uning ta'kidlaşiça, çuqur özgarişlarni nafaqat Yevropa Ittifoqida, balki yevrohududda ham ötkaziş lozim. 

Şu bilan birga Makron Germaniya uçun "oçiq-oydin va konstruktiv hamkor" bölişga va'da berdi. "Biz köproq darajada demokratça yöldan borişimiz kerak", deb aytdi Makron.

U yaqin orada Fransiyada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ötkazişga va'da berdi.

"Fransiya ommaviy  işsizlik muammosini tartibga solmagan yagona davlatdir. Biz yaqin orada ötkaziladigan çuqur islohotlarga muhtojmiz", deb aytdi Makron.

Berlin Makron özining ilk xorijiy safari uçun tanlagan şahar böldi. "Birinçi taşrif, Yevropa tiklanişiga qöyilgan birinçi toşdir", deb yozdi Makron tvitterda.