Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ukraina Şengen hududi a'zosiga aylanişini öz maqsadi qilmoqçiligini aytdi. U bu haqda ICTV telekanali efirida aytib ötdi.
"Mening maqsadim Ukraina Şengen hududi a'zosi bölişi va Xarkovdan Lissabongaça çegaralarda heç qanday töxtaşlarsiz ötiş mumkin bölişidan iborat", deb aytdi Poroşenko.
Poroşenko 20 may kuni Berlinga taşrif buyurib, Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uçraşişini ma'lum qildi.
Şengen hududiga Yevropaning 1985 yilda Lyuksemburgdagi Şengen qişloğida imzolangan kelişuvga qöşilgan 26 ta davlati kiradi.
















