Qozoğiston Respublikasining Janubiy-Qozoğiston viloyati bilan Toşkent şahri örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikning kuçaytiriş maqsadida joriy yilning 18-19 mart kunlari Janubiy-Qozoğiston viloyati delegatsiyasi Toşkent şahriga taşrif buyurdi. 

Taşrif davomida ikki şahar örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi özaro hamkorlik qiliş masalalari kelişib olingan edi. 

Şu bilan bir qato rda uşbu uçraşuvda Janubiy-Qozoğiston viloyati va Toşkent şahar hokimining taklifiga binoan Toşkent şahar sanoat korxonalarining körgazmasini ötkaziş böyiça kelişib olindi.

Joriy yilning 12-13 may kunlari Qozoğiston Respublikasining Janubiy-Qozoğiston viloyati Çimkent şahrida Toşkent şahri sanoat korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasi ötkazildi.

Körgazmada Toşkent şahridagi 150 dan ziyod korxonalar iştirok etib, 1000 ziyod turdagi elektrotexnika, metallurgiya va kimyo, yengil sanoat va oziq-ovqat, mebel va quriliş sanoati, xalq iste'mol mollari mahsulotlari namoyiş etildi.

Şuningdek körgazma işida Janubiy-Qozoğiston viloyatining 9 ta tumanidan 3500 nafardan ziyod tadbirkorlar hamda boşqarma va taşkilotlardan 1500 dan ziyod iştirokçilar, viloyatdagi 100 ga yaqin quriliş taşkilotlari vakillari qatnaşdilar.

Körgazmada qozoğistonlik kompaniyalar va tadbirkorlar Toşkent şahri korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlarga katta qiziqiş bildirgan holda 18 mln. dollardan ziyod eksport kontraktlari va şartnomalari hamda kelişuv bayonnomalari imzolandi.

Toşkent şahri delegatsiyasining Janubiy-Qozoğiston viloyatiga taşrif davrida ikki şahar örtasida özaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida “Qozoğiston Respublikasi Çimkent şahri akimiyati va Özbekiston Respublikasi Toşkent şahar hokimligi örtasida hamkorlik Memorandumi” imzolandi.

Uşbu Memorandumda Çimkent şahrida Toşkent şahar savdo uyini oçiş orqali savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, tadbirkorlik sub'yektlariga qulaylik yaratiş maqsadida eksport salohiyatini oşiriş masalalari belgilab olindi.