Dunyoda huquq himoyaçilarini ta'qib qiliş "tahlikali köriniş" oldi, deb ma'lum qildi Amnesty International huquqni himoyalaş taşkiloti.
Taşkilot ma'lumotlariga köra, 2016 yilda 281 nafar huquq himoyaçisi öldirilgan. 2015 yilda qurbonlar 156 nafar bölgandi.
Taşkilotning ma'ruzasida aytilişiça, inson huquqi himoyaçilari muntazam ravişda ta'qiblarga, qörqitişlarga, tuhmatlarga, şafqatsiz munosabatga va noqonuniy hibsga olişlarga uçraydilar. Ularga hukumatlar, qurollangan guruhlar, korporatsiyalar va boşqalar bosim ötkazadi.
Ötgan yili huquq himoyaçilari tinç aksiyalar uçun kamida 22 davlatda öldirilganlar. Qotilliklardan 4 dan 3 qismi Şimoliy va Janubiy Amerikaga töğri keladi.
"63 ta davlatda huquq himoyaçilari tuhmatga uçraganlar, 68 ta davlatda öz işlari bilan tinçgina şuğullanayotganlari uçun hibsga olinganlar yoki uşlanganlar", deb ta'kidlamoqda taşkilot. Yana 94 ta davlatda faollar hujum va tahdidlarga uçraganlar.
Ma'ruzada ta'kidlanişiça, köplab davlatlar hukumatlari huquq himoyaçilari faoliyatini xatarli qiluvçi qonunlarni qabul qilmoqdalar.












