Apple kompaniyasi pitssa saqlaşga möljallangan antiqa idiş yaratib, uni patentlaştirdi. Bu haqda Wired naşri xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, idiş uçun patent olişga ariza 2010 yildayoq topşirilgan. Idişni yaratişda Apple’ning oziq-ovqat xizmati rahbari Françesko Longoni iştirok etgan.
Idiş konstruksiyasida havo aylanib turadigan teşiklar bölib, u orqali issiq pitssaning buği taşqariga çiqadi. Buning oqibatida idiş içida namlik yiğilmaydi va pitssa bökib qolmaydi.
Wired’ning ta'kidlaşiça, bunday buyumlar faqatgina Apple kampuslari içida qöllaşga möljallangan. Idiş kompaniya xodimlariga oşxonadan issiqqina pitssani keltirib, şundoqqina iş joylarida ovqatlanişlariga imkon beradi.

















