Bugun Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida IV «Islom birdamligi sport öyinlari»ning beşinçi kungi musobaqalari davom etdi. Şu kuni Özbekiston delegatsiyasi medallar jamğarmasi yana bitta oltin, uçta kumuş va bitta bronza medal bilan boyidi. Lekin Özbekiston umumiy reytingda bir poğona pastladi, şu kuni 5ta oltin, 4ta kumuş va 3ta bronza qölga kiritgan Eron vakillari beşinçi örindan uçinçi öringa kötarildi.

Bugun özbekistonlik sportçilar 6ta sport turida iştirok etişdi.

Oğir atletika

Foto: MOQ

-85 kg vazn toifasida musobaqada iştirok etayotgan Uluğbek Alimov qatnaşçilar orasida ikkinçi natijani qayd etdi va yakunda kumuş medal sohibiga aylandi. Bu vaznda birinçi va uçinçi örinlarni iroqlik hamda saudiya arabistonilik sportçilar qölga kiritişdi.

Foto: MOQ

-94 kg vazn toifasida qatnaşgan Farhodbek Sobirov ham yana bir kumuş medalga ega çiqdi. Bu vaznda birinçi örinni eronlik toş kötaruvçi egalladi, uçinçi örindan mezbonlar vakili joy oldi.

Taekvondo WTF

Foto: MOQ

Uşbu sport turi böyiça -58 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Niyoz Pölatov kun avvalida ozarboyjonlik va turkiyalik raqiblarini mağlubiyatga uçratib, yarim final yöllanmasini qölga kiritdi. U yarim finalda tunislik Xudi Neffatini ham yengdi. Uning finaldagi raqibi jarohat tufayli jangni bekor qildi va özbekistonlik sportçi avtomatik ravişda oltin medal egasiga aylandi. Yana ikki taekvondoçi Suxrob Bobobekov va Qosimova Zariya medal olmadi. 

Dzyudo
Jamoaviy bahslarda qizlar jamoasi ham medal qölga kiritişdi. Omongul Allanazarova, Muhayyo Ibragimova, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Matniyozova va Kumuş Yöldoşevadan iborat Özbekiston terma jamoasi bronza uçun bahslarda Jazoir vakillaridan ustun kelişdi. Oltin va kumuş medallar Turkiya hamda Ozarboyjon vakillariga nasib qildi.