AQŞning Ford Motor kompaniyasi butun dunyo böylab öz xodimlari sonini 10 foizga qisqartirmoqçi. Tegişli qaror avtokonsernning rentabelligini oşirişga qaratilgan çoralar doirasida yaqin kunlarda qabul qilinişi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar bermoqda.
Gazetadagi maqolada aytilişiça, qisqartirişga asosan qat'iy belgilangan maoşga ega xodimlar uçraydilar. Ayni vaqtda eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasining butun dunyo böylab ştati 200 ming kişini taşkil qiladi, ulardan taxminan yarmi Şimoliy Amerikada işlaydilar.
Kompaniya rahbariyati öz oldiga 2017 yilda sarf-xarajatlarni 3 mlrd dollarga kamaytirişni maqsad qilib qöygan. Bu aksiyalari oxirgi 3 yil içida 40 foizga arzonlaşib ketgan kompaniyaning rentabelligini oşirişi kerak. Hozirda kompaniyaning kapitallaşuvi uning raqobatçilari General Motors va Tesla kompaniyalarinikidan kamroqni taşkil qilmoqda.
Ford Motor Company butun dunyo böylab 67 zavodga ega. Kompaniyaning boş qarorgohi AQŞning Miçigan ştatidagi Dirbopn şahrida joylaşgan. Işlab çiqaradigan avtomobillar soni böyiça General Motors va Toyota’dan keyin dunyoda 3-örinni egallaydi.

















