Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ga davlat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini tortib oliş huquqini berdi. Huquqiy axborot internet-portalida şunga muvofiq farmoyiş çop etildi. 

Qarorga muvofiq prezidentning 2003 yil 11 avgustidagi 960-sonli qarori bilan tasdiqlangan Rossiya FXX nizomiga özgarişlar kiritiladi. "9-punktni quyidagi mazmundagi 73-band bilan töldirilsin: öz vakolatlari doirasida Rossiya Federatsiyasi ehtiyojlari uçun yer uçastkalari yoki ularda joylaşgan köçmas mulk obektlarini tortib oliş töğrisida qarorlar qabul qiladi", - deyiladi hujjatda.

Unga köra, qaror ijrosi FXXning harbiylar va fuqarolik personali ştatini kengaytiriş yoki federal byudjyetdan qöşimça mablağ ajratişni talab qilmaydi.

FXX 2016 yilning avgust oyi oxirida unga yer uçastkalarini tortib oliş huquqini berişni sörab murojaat qilgandi. 

Manbaga köra, davlat ehtiyojlari uçun yerlarni tortib oliş xalqaro kelişuvlar, qurilişlar, davlat va mahalliy obektlarni qayta ta'mirlaş, şuningdek federal qonunlar tomonidan belgilangan asoslar böyiça alohida holatlardagina amalga oşiriladi.