Şavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga taşrifi davomida Guliston şahridagi Sirdaryo Best Fashion korxonasida böldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Şu yilning mart oyida foydalanişga topşirilgan mazkur korxonada 500 nafarga yaqin odam iş bilan ta'minlangan. Bu yerda işlab çiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari töliq eksport qilinmoqda.
Davlat rahbari korxona faoliyati bilan tanişdi.
Zamonaviy va energiyatejamkor texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxona bugun nafaqat viloyatda, balki mamlakat miyosida ham öz örniga ega.
Prezidentga 2017-2018 yillarda viloyatda yengil sanoat sohasini rivojlantiriş böyiça manzilli dastur haqida ma'lumot berildi. Dasturda bolalar sport kiyimlari, trikotaj va momiq matolar, tayyor gazlama, ip-kalava işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan.
Korxonalar 72 ming tonna paxta tolasini qayta işlaş quvvatiga ega bölib, ularda 3 mingdan ortiq iş örni yaratiladi.
Şavkat Mirziyoyevga viloyatda taşkil etilayotgan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalar loyihalari haqida ham sözlab berildi.
Yangi taşkil etiladigan korxonalarda işlab çiqariladigan farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilinayotgan mahsulotlar örnini bosadi.
Şavkat Mirziyoyev yaratiladigan iş örinlariga kollej bitiruvçilarini keng jalb qiliş kerakligini alohida qayd etdi.












