Prezident Sirdaryo viloyatiga safari davomida Mirzaobod tumanidagi «Abduğani Turdiboyeviç» köp tarmoqli fermer xöjaligi faoliyati bilan tanişdi.
«Sirdaryo viloyatida qişloq xöjaligi izçil rivojlanib, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik va boşqa tarmoqlarda yuqori natijalarga erişayotgan köp tarmoqli fermer xöjaliklari safi kengayib bormoqda. Ular tomonidan amalga oşirilayotgan loyihalar aholi farovonligini oşiriş, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş imkonini bermoqda», deyiladi ÖzA xabarida.
2014 yilda taşkil etilgan «Abduğani Turdiboyeviç» köp tarmoqli fermer xöjaligi 34 gektar yer maydoniga ega. Şundan 16 gektarida paxta, 15 gektarida ğalla, 3 gektarida soya yetiştirilmoqda.
Prezidentning 2017 yil 14 martdagi «2017-2021 yillarda respublikada soya ekini ekişni va soya doni yetiştirişni köpaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori va uning Samarqand viloyatiga taşrifi çoğida berilgan topşiriqlari ijrosini ta'minlaş maqsadida joriy yilda mamlakatdagi 2 ming 200 dan ziyod fermer xöjaligida şartnoma asosida 21 ming gektar maydonga soya ekiş közda tutilgan. Natijada 33,7 ming tonna soya doni yetiştirilib, 6,1 ming tonna ösimlik yoği hamda 25 ming tonnadan ortiq soya şroti işlab çiqariladi.
Bundan taşqari, soya ekilgan maydonlarda 80-100 kilogramm sof azot töplanişi va tuproq unumdorligi yaxşilanişi hisobiga paxta va ğalladan yuqori hosil olişga imkoniyat yaratiladi.
«Soya yetiştirişni köpaytiriş, uni şu yerning özida qayta işlab, eksportga ham yönaltiriş çoralarini köriş kerak. Soya ekiş orqali yer unumdorligini oşiriş, soya agrotexnikasi böyiça mutaxassislar tayyorlaş lozim», degan prezident.
Davlat rahbari viloyatda boğdorçilik, çorvaçilik va parrandaçilikni rivojlantiriş loyihalarini ham közdan keçirdi. Loyihalar böyiça fikrlarini bildirib, mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.
Prezident şu yerda nuroniy otaxonlar bilan muloqot qildi.












