Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy ikki davlat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladi.
Özbekiston Prezidenti öz qutlovida "joriy yilda davlatlarimiz Taşqi işlar vazirliklari örtasida navbatdagi siyosiy maslahatlaşuvlar ötkazildi, işbilarmon doiralar örtasida aloqalar jadallaşmoqda", deb mamnuniyat bilan ta'kidlagan.
"Işonçim komilki, siyosiy irodamiz va umumiy intilişlarimiz bilan köp qirrali va uzoq muddatli şeriklikni sifat jihatidan yangi bosqiçga va davlatlarimiz salohiyatiga mos darajaga olib çiqamiz", deb qayd qilingan davlatimiz rahbarining qutlovida.
Prezident Hasan Ruhoniy qutlovida "ötgan vaqt davomida mamlakatlarimiz örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantiriş va kengaytiriş yölida salmoqli qadamlar taşlandi", deb ta'kidlangan.
Eron Prezidenti "özaro munosabatlar gullab-yaşnaşi, ikki mamlakat uçun muhim ustuvor yönalişlarda özaro aloqalarning har tomonlama rivojlanayotgani samarali va uzoq muddatli natijalar berişi, şuningdek, mintaqada tinçlik va barqarorlik yanada mustahkamlanişi"ga işonç bildirgan.
Özbekiston va Eron prezidentlari bir-birlarini qutladi
22:40 / 17.05.20175 7642 min











