Xabaringiz bor Kun.uz tahririyati ijodiy safar bilan Namangan viloyatida böldi. Uşbu safar davomida viloyat aholisidan kelib tuşgan köp sonli murojaatlar borib örganildi. Ana şunday manzillardan biri viloyatning Töraqörğon tumani, “Baxt” mahallasi böldi.
Gap şundaki, bu yerda istiqomat qilib kelayotgan aholi 20 yildan ziyod vaqt mobaynida toza içimlik suvi içmaydi. Xöş, masala nimada? Aholiga yuzlanamiz.
“Ariğimizga suv kelgan kuni bayram (e'tibor bering ARIQ deyilyapti). 10-15 kunda bir suv keladi. Uzoği bilan ikki-uç kun oqadi. Şu vaqt oraliğida foydalanib olamiz, idişlarimizni töldiramiz”, deydi ayollardan biri.

“Bu yerga bir vaqtlar toza içimlik suvi uçun quvurlar ötkazilgan, ammo vaqt ötib ular çirib, yöq bölib ketgan. Har zamonda bir, pastlikda joylaşgan uylarda suv çiqib qoladi, ammo uning sifati juda yomon. Öşani ham pullaşadi”, deydi yana bir aholi vakili.
Mahalliy aholining aytişiça, mahallaga 20 tonnalik maşinada toza içimlik suvi olib kelinar ekan va odamlar uni sotib olişarkan. Suv tugasa, ariqdan kelayotgan suvni iste'mol qilişarkan. Bir ayolning aytişiça, u bu yerga köçib kelganiga 28 yil bölibdi. Ana şu vaqtdan buyon ariqdan foydalanib keladi.

Ma'lumotlarga köra, ilgari bu mahalla örnida paxta maydoni bölgan va şu bois ariqqa suv muttasil kelib turgan. Ammo 5-6 yil ilgari barça maydonlar tugatilib, uning örniga odamlar boşqa işlar bilan şuğullanib ketişgan va ana öşandan buyon ariqqa suv keliş vaqti 10-15 kun bölib qolgan.
Mahalla aholisi uşbu masala yuzasidan oqsoqoldan tortib, to viloyat hokimiga qadar murojaat qilgan, ammo natija öz holatiça qolib ketgan. Yöq keçirasiz, quvurlar olib kelingan, lekin suv bosimi pastligi uçunmi yoki boşqa sababdanmi, teparoqda joylaşgan uylarda suv çiqmaydi. Quyiroqda joylaşgan uylarga suv keladi, u ham bölsa bir haftada ikki marta.

Şunça murojaatlar qilingan, ammo biror bir mutasaddi taşkilot rahbari kelib, bu masalaga loaqal qiziqib ham körmagan.
















