Bugun, 17 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida IV «Islom birdamligi sport öyinlari»ning oltinçi kungi musobaqalari davom etdi. Şu kuni Özbekiston delegatsiyasi medallar jamğarmasi yana bitta oltin, ikkita kumuş va törtta bronza medal bilan boyidi. 

Bugun özbekistonlik sportçilar 6ta sport turida iştirok etişdi.

Oğir atletika
Bugungi bahslarda özbekistonlik 3 nafar oğir atletikaçi öz iştirokini ötkazdi.

-105 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan oğir atletikaçi Ivan Yefremov  sovrindorlar orasidan joy egalladi. U uçinçi natijani (380) qayd etdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Turnirning oltin va kumuş medallari mos ravişda eronlik va iroqlik sportçilar Barori Muhammadrizo (395) hamda Salvon Alayfuriyga (391) nasib etdi.

Foto: MOQ

+105 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan oğir atletikaçi Rustam Jangabayev  dast va siltab kötarişda eng yaxşi natijani körsatib (431), oltin medalga sazovor böldi. Ikkinçi va uçinçi örinlarni eronlik Humoyun Teymuryan (414) va Ramin Rabifaradonbeh (399) egalladi.

Foto: MOQ

Yengil atletika
200 m masofaga yuguriş böyiça yarim finalda iştirok etgan Nigina Şaripova finalga yöllanma oldi. Final 18 may kuni ötkaziladi.

Paralimpiyaçilar örtasida 100 m masofaga yugurişda iştirok etgan Mansur Abduraşidov esa marraga ikkinçi bölib keldi va kumuş medal sohibiga aylandi.

Sport kuraşlari
Yunon-rum kuraşi
-98 kg vazn toifasida gilamga çiqqan Rustam Assakalov musobaqaning bronza medalni qölga kiritdi. U bronza uçun keçgan bahsda pokistonlik raqibi Razani 9 soniyada mağlub etdi. Assakalov çorak finalda iroqlik Alxabbiyani mağlub etgan, lekin yarim finalda mezbonlar vakili Nuriyevga imkoniyatni boy berib qöygan edi.

Sportning şu turi böyiça -59 kg vaznda Özbekiston şarafini himoya qilayotgan va finalga çiqqan Islombek Bahromov esa oltin ola olmadi. U Qirğiziston vakili Kanibek Jolçubekovga yutqazdi va kumuş medal bilan kifoyalandi.