Bugun, 17 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida IV «Islom birdamligi sport öyinlari»ning oltinçi kungi musobaqalari davom etdi.

Sportning yunon-rum kuraşi turi böyiça -59 kg vaznda Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Islombek Bahromov final jangini ötkazdi.

Bundan oldingi bosqiçlarda turkmanistonlik va pokistonlik raqiblarini mağlubiyatga uçratgan Islomjon Bahromovning finaldagi raqibi Qirğiziston vakili Kanibek Jolçubekov böldi. Uşbu bahs töliğiça qirğizistonlik sportçi ustunligida ötdi, özbekistonlik kuraşçi mağlubiyatga uçradi - 1:8.

Islombek Bahromov öz iştiroki bilan Özbekiston hisobiga yana bir kumuş medal keltirdi.

Özbekiston terma jamoasining boks böyiça bahslarda yarim finalga çiqqan navbatdagi vakili Abror Qodirov işonçni oqlay olmadi. Avvalgi bosqiçda ozarboyjonlik Ma'sud Yusufzodani mağlub etgan Qodirov yarim finalda marokaşlik Dara Abdullayiga yutqazdi va bronza medal bilan kifoyalanadigan böldi.

Endi yana bir boksçi 69 kg vazn toifasidagi Bobo-Usmon Baturov öz jangini endi ötkazadi. U suriyalik Ahmad Hussan bilan final yöllanmasi uçun bahslaşadi.